Trampning Floridadagi uyida nega tintuv o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

© REUTERS / Leah MillisPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
FQB Trampning Floridadagi villasidan yadroviy qurolga oid maxfiy hujjatlarni qidirgan.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Federal qidiruv burosi (FQB) xodimlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Trampning Floridadagi mulkini tintuv qilish chog‘ida yadroviy qurolga oid maxfiy hujjatlarni topishni kutgan. Bu haqda RIA Novosti “The Washington Post”ga tayanib, xabar berdi.
“Tramp mulkida qidirilgan narsalar orasida yadroviy qurol bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar ham bor edi”, deyiladi xabarda.
Tintuv paytida bunday hujjatlar topilgan yoki topilmaganiga oydinlik kiritilmagan. Adliya vazirligi va Federal qidiruv burosi maqolada keltirilgan ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgan.
Avvalroq, Donald Tramp uning Florida shtatidagi Mar-a-Lago villasi Federal qidiruv burosi xodimlari tomonidan tintuv qilinganini ma’lum qilgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holat AQShning hech qaysi prezidenti bilan sodir bo‘lmagan.
Trampning mulkini tintuv qilishda kamida 100nafar FQB agenti ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0