Ukraina doni aslida qayerga olib ketilayapti?

© Sputnik Blijnee zarubejyekorabl s ukrainskim zernom
korabl s ukrainskim zernom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukrain doni ortilgan kemalar, dastlab e’lon qilingan, dunyoning eng qashshoq mamlakatlarining ochlik muammosini hal qilishga emas, boy Yevropa portlariga qarab suzmoqda.
TOShKENT, 12 avg - Sputnik, Lev Skalr. Don ortilgan kemalarning asl yo‘nalishi qayer? “Insonparvarlik yordami” aslida qayoqqa suzapti? Dunyo oziq-ovqat bozori inqirozida aslida kim aybdor? Sputnik ushbu savollarga javob topdi.
Qanday qilib Yevropa va BMT Afrikani ochlikdan “qutqardi”?
Mahsus harbiy operatsiya boshlanishi bilanoq, Rossiyaga sanksiyalardan keyin butun dunyoni ocharchilikka qo‘yishi tahdidi bilan ayblar yog‘dirildi. Moskvani “don urushi”ni boshlashda, “don o‘g‘irlash”da va Ukrainadagi “ochlik” va asosiysi ukrain portlarini to‘sib qo‘yganlikda ayblashdi. Makron va Shols Odessa va Chernomorskdan don yetkazib berilmasa, Afrika va boshqa eng qashshoq mamlakatlarda ochlik, kasallik va urush bo‘lishi haqida bir necha bor aytishdi.

“Biz bu qashshoq mamlakatlarni tashlab qo‘ymaymiz, ularni albatta qo‘llab-quvvatlaymiz”, - deb otashin va’dalar bergan edi Germaniya kansleri.

BMT ham bu puch hayqiriqlarga jo‘r bo‘ldi. Tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish may oyida 43 ta mamlakatga “ochlik sabab o‘lim tahdid qilayotgani”, Afg‘oniston, Suriya va Yamandagi millionlab odamlar hozirgi paytda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga duchor bo‘lganini xabar bergan edi. BMT pozitsiyasiga ko‘ra, mana shu muammoni aynan Rossiya-Ukraina mojarosi murakkablashtiradi. (NATOning bosqini va G‘arbning mana shu mamlakatlarda fuqarolik urushlarini keltirib chiqarishi emas ekan)
Va, mana iyul oyi ham keldi. Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT “oziq-ovqat shartnomasi”ni imzolashdi - harbiylar Odessa va Chernomorskdan ukrain donining olib o‘tilishiga to‘sqinliq qilishmaydi. Qo‘shma komissiya kemada qurol kontrabandasi bor-yo‘qligini tekshiradi. BMT esa Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dunyo bozoriga yetkazishga to‘siqlarni olib tashlashga mas’ul bo‘ladi.
Aftidan hamma baxtli, Afrikaning qashshoq mamlakatlari ochlikdan qutulgan, Yevropa Rossiyani hech nimada ayblay olmagandek edi. Ammo bunday emas.
Yetib keldik...
BMTda Ukraina makkajo‘xorisining dengiz bo‘ylab yetkazilishini “don bilan hayotlarni qutqaruvchi ish” deb ataldi. Ammo kimning hayotini qutqarishini tashkilot aniq keltirmagan.
Hali birorta don ortilgan kema qashshoqlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga - Yaman, Somali yoki Efiopiyaga borgani yo‘q. Odessa va Chernomorskdan yo‘lga chiqqan kemalarning aksariyati Yevropaga qarab suzishmoqda.
Ukrainadan 1-avgustdan 11-avgustga qadar yo‘lga chiqqan 12 ta kemaning faqat ikkitasigina Afrika va Yaqin Sharq tomon suzgan. Ammo Razoni balkeriga ortilgan birinchi yukdan o‘ta “muhtoj bo‘lgan” livanlik ta’minotchilar bosh tortishgan. Go‘yoki Rossiya juda qattiq halal bergan don esa bugungi kunga qadar Turkiya qirg‘oqlari langar stoyankasida yangi xaridorini kutib turibdi.
Ammo “birinchi dunyo” mamlakatlari “butundunyo ochligidan xalos etuvchi” donni qabul qilishdan bosh tortishmadi. Aynan hozir oziq-ovqat ortilgan ikkita kema Italiya va Gretsiyaga yo‘l oldi. Xorvatiya va Irlandiya ham yog‘ va don bo‘yicha o‘z ulushlarini kutishmoqda. Hattoki, boy-badavlat Janubiy Koreya ham o‘z ehtiyojlari uchun 65 ming tonna makkajo‘xoriga ega bo‘ldi. Ammo “insonparvar reyslar”ning aksariyati (uchta kema) shartnoma ishtirokchisi Turkiyaga nasib qilib turibdi.
Ukrainadan tashilgan oziq-ovqatlardan jami 375 ming tonna yukdan 217 ming tonnasi yevropalik xaridorlarga yetib borgan.
Don ta’minoti geografiyasiga aloqador yana bir qiziqarli fakt: BMT ning kemalar yo‘nalishi ma’lumotlardagi nomutanosibliklar. Masalan, Rojen kemasi 13 ming tonna makkajo‘xori bilan Britaniyaning Tisportiga yetib borishi kerak edi. Biroq, Chernomorskdan chiqqandan so‘ng u yo‘nalishini o‘zgartirgan va Italiyaning Ravenna porti tomon yo‘l olgan. Aynan hozir Marine Traffic ma’lumotlariga ko‘ra, u Adriatika dengizi bo‘ylab suzmoqda.
Rojen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Rojen
Xuddi shunday holat Mustafa Necati nomli kema yo‘nalishida ham kuzatildi. Unda tonnalab kungaboqar yog‘lari Italiyaga emas, Xorvatiyaga yetkazilgan.
© Sputnik Blijnee zarubejyeMustafa Necati
Mustafa Necati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Mustafa Necati
Star Helena nomli yuk tashuvchi kemasi ham Xitoyga emas, Gretsiyaga borgan.
Star HELENA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Star HELENA
Aftidan, xaridorlar so‘nggi lahzalarda auksion uyushtirishgan va yetkazib beriladigan don uchun Kiyevga o‘z narxlarini taklif qilishgan shekilli. Axir qanday qilib bo‘lsada Yevropa do‘konlarida non narxi va aholi noroziligini pasaytirish kerakku. Ukrain oligarxlari va siyosatdonlarining cho‘ntaklarida ortiqcha pullar uchun joy albatta topilishi hammaga ma’lum. O‘tmishdagi shartnomalar muhim emas - eng ko‘p kim to‘lagan bo‘lsa, musiqani o‘sha buyurtma qiladi.
“BMT siyosiy bayonot bilan chiqdi”
Bularning bari Birlashgan Millatlar Tashkilotining butunlay degradatsiyaga uchraganini bildirmasa-da, uning G‘arb manfaatlariga bo‘ysunishini albatta anglatadi. Aslida BMT, Ukraina va AQSh Yevropa Ittifoqi qashshoqlashib borayotgan mamlakatlarga yordam berishni rejalashtirishmagan, deydi Rossiya don uyushmasi prezidenti Arkadiy Zlochevskiy.

“Men ularning Afrika mamlakatlari yoki aniq xaridorlarga don yetkazib berishlari haqida majburiyatlari yozilgan yoki imzolangan hujjatlarni hech qayerda ko‘rmadim. Kim pulini to‘lasa, donni o‘shalarga yetkazib berishmoqda. Bu oddiy hol”, - deydi mutaxassis.

Bundan kelib chiqadiki, Afg‘oniston, Suriya va Iroqdagi falokatlarda asl aybdor bo‘lgan NATO mamlakatlari yana bir bor boshqalar ko‘rguliklari evaziga cho‘ntaklarini qappaytirishgan. Bundan tashqari, o‘z harakatlari bilan ular Afrika va Osiyodagi kambag‘al mamlakatlarning ahvolini yanada yomolashtirgan. Axir Kiyev sochib tashlagan minalar tufayli kemalar portlarda qolib ketgan bir paytda, Rossiya oziq-ovqati g‘arb sanksiyalari tufayli dunyo bozorlariga ming qiyinchilik bilan chiqayotgan edi.
Ammo afrikaliklarning och qolganida BMT, YeI va AQSh Moskvani ayblashda davom etishmoqda. Axir saylovchilar “yovuz ruslar” va farishtadek pok G‘arbga hamon ishonishayotgan ekan, urush evaziga boy bo‘lishda davom etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0