Ukraina g‘allasi ortilgan kema Misrga yo‘l oldi

© AP Photo / Michael ShtekelSuxogruz Razoni otpravlyayetsya v put iz porta v Odesse v ponedelnik, 1-avgusta 2022 goda.
Suxogruz Razoni otpravlyayetsya v put iz porta v Odesse v ponedelnik, 1-avgusta 2022 goda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2022
Obuna bo‘lish
Razoni kemasi Turkiyada erishilgan kelishuv doirasida joriy yilning 1-avgust kuni bortida 26 ming tonna makkajo‘xori bilan Odessa portini tark etgan edi.
TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Istanbulda oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvga erishilgandan so‘ng Ukrainani tark etgan birinchi donli kema Razoni Turkiyaning Mersin portidan chiqib, Misr tomon yo‘l oldi. Bu haqda MarineTraffic marshrutni kuzatish xizmati ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.
Kecha, 11-avgust kuni kema Turkiyaning Mersin portiga kirdi. Mersindagi Toros yuk tashish kompaniyasi rahbari Qodir Soyer quruq yuk tashuvchi kemadan 1500 tonna don tushirilishini, shundan so‘ng kema Misrga yo‘l olishini aytdi.
MarineTraffic ma’lumotlariga ko‘ra, kema allaqachon portni tark etgan va janubga Misr tomon yo‘l olgan.
Ma’lumot uchun, Razoni kemasi Livanga 7-avgust kuni ertalab yetib borishi kerak edi. Biroq 8-avgust kuni Ukrainaning Livandagi elchixonasi livanlik mijoz Odessadan quruq yuk kemasida jo‘natilgan donni yetkazib berish muddati besh oydan ortiq kechikkanligi sababli uni rad etganini ma’lum qildi. Yuboruvchi muqobil xaridorlarni, shu jumladan Livandan tashqaridagi xaridorlarni ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, 22-iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan bitim Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0