Dunyoda

Islom diniga qarshi kitob yozgan yozuvchiga hujum qilindi

© Sputnik / Filipp Kravtsov / Mediabankka oʻtishMashinы skoroy pomoщi v SSHA. Arxivnoye foto
Mashinы skoroy pomoщi v SSHA. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rushdiyning bir necha yil oldin chop etilgan “Shaytoniy oyatlar” kitobi musulmon dunyosida islomga qarshi deb topilgan edi.
TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Nyu-York shtatida ommaviy tadbirda nutq soʻzlash uchun kelgan britaniyalik yozuvchi Salmon Rushdiga pichoq bilan qurollangan kishi hujum qildi.
OAV xabariga koʻra Rushdiga kamida 12 marotaba pichoq urilgan. U boʻynidan va qornidan yaralangan. Ayni damda u vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan.

Nyu-York politsiyasiga koʻra, yozuvchiga Nyu-Jersi shtatida yashovchi 24 yoshli Hadi Matar hujum qilgan. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Rushdining boʻyin va oshqozonidan jiddiy jarohat olgan. Uning jigari shikastlangan. Qolaversa, 75 yoshli yozuvchining koʻzi ham koʻrmay qolishi mumkin. Hozir jarrohlik amaliyotidan oʻtgan va hozir nafas olish apparatida. Hozircha qotillik sabablari aytilmagan.
Maʼlumki, Rushdiyning bir necha yil oldin chop etilgan “Shaytoniy oyatlar” kitobi musulmon dunyosida islomga qarshi deb topilgan edi. Ayrim davlatlarda uning oʻldirilishi hatto mukofot eʼlon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0