Qashqadaryoda Yoshlar turizmi qurultoyi yakunlandi - foto

© Ministerstvo Turizma i Kulturnogo naslediyaPodvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2022
Obuna bo‘lish
Qurultoyda chet davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilib, g‘oliblar qatoridan joy olishdi.
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkillashtirilgan Yoshlar turizmi qurultoyi o‘z nihoyasiga yetdi.
© Ministerstvo Turizma i Kulturnogo naslediyaPodvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2022
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
8 avgust kuni boshlangan qurultoy doirasida bir qator o‘yinlar, kitobxonlik, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar, gala-konsert va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir yakunida g‘oliblar aniqlandi.
© Ministerstvo Turizma i Kulturnogo naslediyaPodvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2022
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Xususan, “Eng yaxshi turizm loyihasi” tanlovida samarqandlik Mehroj Isayev birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, xorazmlik Charos Fozilova ikkinchi o‘rinni, qashqadaryolik Azima Murodova esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Qadriyat, urf-odat” tanlovida Xorazm viloyati 1-o‘rinni, Farg‘ona viloyati 2-o‘rinni, Namangan viloyati esa 3-o‘rinni;
"Eng namunali guruh" tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-o‘rinni, Navoiy viloyati 2-o‘rinni, Buxoro viloyati esa 3-o‘rinni;
"Zakovat" bellashuvida Qoraqalpog‘iston 1-o‘rinni, Qashqadaryo viloyati 2-o‘rinni, Farg‘ona viloyati esa 3-o‘rinni;
"Turizm spartakiadasi"da Surxondaryo viloyati 1-o‘rinni, Qashqadaryo viloyati 2-o‘rinni, Qoraqalpog‘iston 3-o‘rinni;
"Turizm-kvest" o‘yinida Surxondaryo 1-o‘rinni, Toshkent shahri 2-o‘rinni, Buxoro viloyati esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
© Ministerstvo Turizma i Kulturnogo naslediyaPodvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2022
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Sovrinlarni Turizm va madaniy meros vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari hamda Shahrisabz tumani hokimi topshirishdi.
Qayd etish joizki, qurultoyda chet davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilib, g‘oliblar qatoridan joy olishdi.
© Ministerstvo Turizma i Kulturnogo naslediyaPodvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2022
Podvedeni itogi molodejnogo festivalya v Kashkadarye
Yangiliklar lentasi
0