ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

ArMI-2022: O‘zbekiston yana ikki yo‘nalishdagi musobaqalarni ishonchli g‘alaba bilan boshladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSorevnovaniya "Elbrusskoe kolso"
Sorevnovaniya Elbrusskoe kolso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna bo‘lish
ArMI-2022 doirasida o‘zbekistonlik harbiylar “Elbrus halqasi” va “Dala oshxonasi” musobaqasining dastlabki bahslarida eng yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan “Elbrus halqasi” musobaqasini ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kabardino-Balkariyaning (Rossiya)Terskol hududida o‘tkazilayotgan “Elbrus halqasi” musobaqasida Armaniston, Abxaziya, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Uganda va Janubiy Osetiya vakillari ishtirok etdi.
Jamoalar birinchi shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Turli murakkablikdagi vazifalarni o‘z ichiga olgan jami 16 ta shartning dastlabkisi sun’iy qoya relyefiga yakka tartibda tezkor chiqish edi.
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Sorevnovaniya Elbrusskoe kolso - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Sorevnovaniya Elbrusskoe kolso - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Sorevnovaniya Elbrusskoe kolso - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Sorevnovaniya Elbrusskoe kolso - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Birinchi shart yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi eng yaxshi natija ko‘rsatib (811 ball), birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qozog‘istonliklar ikkinchi o‘rinni (757 ball) band etgan bo‘lsa, Rossiya jamoasi kuchli uchlikdan (708 ball) o‘rin oldi. Bu birinchi shart bo‘yicha jamoalarning qo‘lga kiritgan natijalaridir. Hali oldinda yana bir-biridan murakkab, bir-biridan qiyin 15 ta shart bor.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar o‘tgan yili “Elbrus halqasi” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston harbiylari Jizzaxdagi "Forish" tog‘ poligonida o‘tkazilayotgan “Dala oshxonasi” musobaqasining dastlabki bosqichi, ya’ni “Otish tayyorgarligi” bahslarida muvaffaqiyatli qatnashishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida quyidagi natijalar qayd etildi: O‘zbekiston - 92,8 ball; Vyetnam - 83,5 ball; Rossiya - 72,2 ball; Belarus - 71,5 ball; Tojikiston - 62,0 ball.
Avvalroq O‘zbekiston vakillari “Tank biatloni”ning birinchi musobaqasi - "Individual poyga"da o‘z guruhida yetakchilikni qo‘lga kiritishgan edi.
Uzbekskie tankisti ispitali tanki pered sorevnovaniyem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2022
ARMI-2022
ARMI-2022: O‘zbekiston jamoasining tank biatlonida ishtiroki boshlandi - video
Yangiliklar lentasi
0