Yerevandagi savdo markazida kuchli portlash ro‘y berdi – video

© Sputnik / Andranik GhazaryanPojar v torgovom sentre ""Surmalu" Yerevan
Pojar v torgovom sentre Surmalu Yerevan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna bo‘lish
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 13:23 da “Surmalu” savdo markazida sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Armaniston poytaxti Yerevandagi “Surmalu” savdo markazida portlash ro‘y berdi. Bu haqda Sputnik Armaniston mamlakat FVV ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 13:23 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga Armaniston FVVning yong‘in qutqaruvchilari yo‘l olgan. Hozir oltita ekipaj yong‘inni o‘chirishga urinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar bor.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari pirotexnika vositalari alanga olayotganini xabar qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0