Iqtisod

Oʻzbekistonda Tojikistonning yirik banklaridan biri vakolatxona ochadi

© Sputnik / Amir IsayevOriyonbank v Dushanbe
Oriyonbank v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Markaziy banki "Oriyonbank" (Tojikiston) vakolatxonasini akkreditatsiyadan oʻtkazdi.
TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda Tojikistonning "Oriyonbank" vakolatxonasi ish boshlaydi. Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq bank vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi.
Bu Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan birinchi Tojikiston bankidir. Bankning mamlakatda ishlash uchun ruxsatnomasi 2025 yil 10 avgustgacha amal qiladi. Maʼlumotlarga koʻra, Davlatzod Umed vakolatxonaning Oʻzbekistondagi rahbari etib tayinlangan.
Maʼlumot uchun, "Oriyonbank" Tojikistonda tashkil etilgan dastlabki yirik banklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda 30 dan ortiq filiallari mavjud boʻlib, 10 dan ortik moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank aktivlari 270 mln dollardan oshiqroq.
Yangiliklar lentasi
0