Migratsiya

Oʻzbekistonliklar uchun Janubiy Koreyaga borishda viza bekor boʻlishi rad etildi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichFlag Respubliki Korei, arxivnoye foto
Flag Respubliki Korei, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mehnat vazirligi oʻzbekistonliklar uchun Janubiy Koreyaga borishda viza bekor boʻlishi mumkinligi haqidagi xabar asossiz ekanini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Ayrim Telegram kanallarda oʻzbekistonliklar uchun Janubiy Koreyaga borishda viza bekor boʻlishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buni rad etdi.
“Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bloger va internet faollaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni soʻraydi va vazirlik logotiplari tushirilgan rasmlardan foydalanmaslikni maslahat beradi”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyadan tashqari Janubiy Koreyada ham vaqtincha mehnat qiladi. Rossiyadan farqli oʻlaroq Koreyaga ishga borish uchun oʻzbekistonliklardan viza talab qilinadi. Qolaversa, ular UBT-EPS-Topik test sinovlarini topshirishlari kerak.

Mavzuga oid:

Nima uchun sanktsiyalarga qaramasdan Rossiyada mehnat muhojirlari soni koʻpaymoqda?
Rossiyaga “orgnabor” doirasida kelayotgan oʻzbekistonlik migrantlar soni koʻpayishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0