Toshkentdagi boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschilar raqiblarini “yer tishlatishdi” - video

© Press-slujba NOK Uzbekistana Shaxobiddin Zoirov
 Shaxobiddin Zoirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2022
Obuna bo‘lish
Shahobiddin Zoirov Toshkentda o‘tgan boks oqshomida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
TOShKENT, 14 avg — Sputnik. Toshkentdagi "Humo Arena"da boks oqshomi tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar muvaffaqiyatli chiqish qilishdi.
Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan Shahobiddin Zoirov Nikaragua vakili Larios Jerson bilan to‘qnashdi. Zoirov birinchi raundning dastlabki soniyalaridayoq raqibining jag‘ qismiga kuchli zarba yo‘lladi. Bu zarba Lariosning nokaut holatiga tushishi uchun yetarli bo‘ldi.
Shu tariqa Zoirov prof boksdagi 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fazliddin G‘oibnazarovga venesuelalik Parra Jeyder raqiblik qildi. G‘oibnazarov ham birinchi raunddayoq raqibini nokaut holatiga tushirdi.
Shu tariqa ikki yillik tanaffusdan keyin ringga qaytgan Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi G‘oibnazarov prof boksdagi 10-g‘alabasini tantana qildi.
Mazkur boks oqshomida Mirazizbek Mirzaxalilov va Lazizbek Mullajonov ham ringga chiqib, nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Yangiliklar lentasi
0