Afg‘oniston Rossiyadan bir million barrelga yaqin neft sotib olishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota neftanix stankov - kachalok
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Kobul Moskvadan bir million barrelga yaqin neft sotib olishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Kobul Moskvadan bir million barrelga yaqin neft sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Rossiyaga bir million [barrel] ga yaqin neft taklif qildik, agar [Rossiya] ko‘proq jo‘nata olsa, bu muammo emas”, - degan Aziziy.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, neft va gaz loyihasi Afg‘oniston tomoni uchun eng muhimi bo‘ladi.
“Rossiya qandaydir afg‘on mahsulotlariga ehtiyoj sezsa, barter savdosi variantini ham ko‘rib chiqmoqchimiz”, - deya qo‘shimcha qilgan vazir.
Tolibon* hukumati tomonidan yuborilgan Afg‘oniston sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi bir kun avval Moskvaga yetib keldi. 15 va 16-avgust kunlari ular rossiyalik hamkasblar bilan muzokaralar belgilangan. Kobuldagi elchi Dmitriy Jirnovning aytishicha, muzokara jarayonida asosan neft, don va kungaboqar yog‘i yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqiladi.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0