Dunyo aholisi 8 milliard kishiga yetdi

© AFP 2023 / Sam YehLyudi idut po mostu v pribrejnom parke v Nyu-Taybee
Lyudi idut po mostu v pribrejnom parke v Nyu-Taybee - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Resurs ma’lumotlariga ko‘ra, sayyorada erkaklar ayollarga qaraganda 1 foizga ko‘p.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Yerdagi odamlar soni 8 milliardlik marradan oshib ketdi va o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda real vaqt rejimida statistik ma’lumotlarni ko‘rsatadigan Countrymetrics.info sayti darak bergan.
Resurs ma’lumotlariga ko‘ra, sayyorada erkaklar ayollarga qaraganda 1 foizga ko‘p. 14-avgust holatiga ko‘ra, Yer yuzidagi eng zich joylashgan 20 ta davlat reytingida birinchi uch o‘rinda Xitoy - 1 456 049 258 kishi, Hindiston - 1 418 972 027 kishi, AQSh - 336 583 305 kishi bilan qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, ko‘pincha, deyarli 16 foiz hollarda odamlar yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etadi. Ikkinchi o‘rinda insult, uchinchi o‘rinda pastki nafas yo‘llarining o‘tkir infeksiyalari ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0