Yerevandagi portlash qurbonlari soni ortdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishV TS "Surmalu" v Yerevane proizoshol vzriv
V TS Surmalu v Yerevane proizoshol vzriv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, "Surmalu” savdo markazidagi portlash jami 61 kishi jabrlangan.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Yerevandagi “Surmalu” savdo markazidagi portlash qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Ayk Kostanyan bayonotiga tayanib xabar bergan.
Avvalroq uch nafar qurbonlar haqida ma’lum qilingan edi.
“Qutqaruvchilar vayronalar ostidan taxminan 50 yoshli ayolning jasadini olib chiqishdi. Hozirgina qutqaruvchilar beshinchi qurbonning jasadini vayronalar ostidan chiqarib olishdi. Ulardan ikki nafarining shaxsi aniqlanmagan”, degan Kostanyan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 61 kishi jabrlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yerevandagi “Surmalu” savdo markazida portlash sodir bo‘lgani va yong‘in boshlangani xabar qilingan edi. Bu esa binoning qisman vayron bo‘lishiga olib kelgan edi. Vayronalar ostida hali ham odamlar bo‘lishi mumkin.
Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, savdo markazidagi yong‘inni o‘chirishda Armanistonda faoliyat yuritayotgan Armaniston-Rossiya gumanitar yordam markazi xodimlari ham ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0