Jamiyat

Jazoni ijro etish tizimi xodimlari bodikameralar bilan taʼminlanadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naryadni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Har kunlik ish faoliyatini olib borayotgan yoki kunlik xizmatga jalb etilgan jazoni ijro etish tizimi xodimlari bodikameralar bilan taʼminlanadi. Bu haqida hukumatning 445-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.
Hujjatda xodimlarning xizmatni bodikameralar bilan oʻtash tartibi belgilandi.
Yangi tartib mahkumlarni uzluksiz nazorat qilish hamda ular tomonidan jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilishini aniqlash uchun yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bodikamera quyidagi hollarda ishlatiladi:
kun tartibidagi tadbirlarni amalga oshirishda;
umumiy va kunlik tintuvlar oʻtkazish hamda koʻzdan kechirish jarayonida;
mahkumlarni JIEMga qabul qilishda;
jinoyat va tartibbuzarliklar sodir etilganda;
mahkumlarning xulq-atvorini nazorat qilishda;
mahkumlardan taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari, narsa va buyumlar olinganda;
mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch, maxsus vositalar hamda tinchlantirish koʻylagini qoʻllash chogʻida;
mahkumlarni ishga olib chiqish va undan qaytishda;
mahkumlar va fuqarolarni qabul qilish jarayonida;
fuqarolardan olingan yoʻqlovlarni qabul qilishda hamda posilka yoki yoʻqlov va banderollarni tarqatish vaqtida;
mahkumlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqishda;
mahkumlarning uchrashuvlarini oʻtkazish jarayonida;
mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo va ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilayotgan vaqtda hamda mahkumlar intizomiy boʻlinmaga kiritilayotganda va chiqarilayotganda;
mahkumlarning insonparvarlik dalolatnomalarini koʻrib chiqish davrida.
Bodikamera xodim xizmat vazifasini bajarishga kirishganidan boshlab ishga tushirilishi va naryadni topshirguniga qadar ishlatilishi lozim.
Bunday tartib xizmat vazifasi bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish vaqti tadbiq etilmaydi.
Xizmat vazifasini bajarish davomida bodikameraning obʼyektivi har qanday holatda toʻsilishi mumkin emas.
Bodikameradan shaxsiy maqsadlarda foydalanish, uni boshqa xodimlar, mahkumlar va boshqa shaxslarga berish hamda oʻz xohishi bilan oʻchirib qoʻyish taqiqlanadi. Bodikamera xizmat vaqtida doimo ishchi holatda boʻlishi shart.
Mahkum tomonidan xodimga xizmat davomida berilgan bodikameraga ziyon yetkazish, uni olib qoʻyishga urinish taqiqlanadi.
Shuningdek, mahkumlar bilan bodikamera orqali yozib olingan suhbatlarni Internetga joylashtirish, mahkumning oila aʼzolariga va boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0