Kim Chen In Putinga telegramma yubordi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s liderom KNDR Kim Chen Inom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s liderom KNDR Kim Chen Inom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z telegrammasida Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi strategik hamda taktik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etgan.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga Koreya ozod qilinganining 77-yilligi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan Putin telegrammasiga Kim Chen Indan javob keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi o‘z telegrammasida Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi strategik hamda taktik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, "Koreyani ozod qilish uchun kurashda jasur Qizil Armiya askarlari o‘z qonlari va jonlarini ayamagani" hamda ularning xizmatlari Koreya xalqi xotirasida doimiy saqlanib qolishini bildirgan.
“Kim Chen In Yaponiyaga qarshi kurashgan kunlarda o‘rnatilgan Koreya-Rossiya do‘stligi davrdan-davrga barqaror rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani, bugungi kunda esa Koreya-Rossiya o‘rtasidagi taktik hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash va birdamlik harbiy tahdid va provokatsiyalarni, dushman kuchlarining o‘zboshimchalik va irodasiga barham berish maqsadida yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ta’kidladi”, - deyiladi xabarda.
KXDR rahbari Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik hamda hamkorlik yanada mustahkamlanib, ikki mamlakat xalqlari farovonligiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0