Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya bo‘yicha Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti - 15-avgust

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishNaselennie punkti Supovka i Kazachya Lopan v Xarkovskoy oblasti
Naselennie punkti Supovka i Kazachya Lopan v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Ukrainada maxsus harbiy operatsiyani belgilangan reja bo‘yicha davom ettirmoqda.
TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Ukraina hududidagi maxsus harbiy operatsiyaning borishi haqida 15-avgust holatiga hisobot berdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi quroli Xarkov viloyati, Zolochev aholi punkti hududidagi xorijiy yollanma askarlarning vaqtincha joylashtiriladigan punktiga zarba berdi. Zarba oqibatida Polsha va Germaniyadan kelgan yollanma askarlardan yuzdan ortig‘i yo‘q qilindi, 50 nafari yaralandi.
Dnepropetrovsk viloyatidagi Apostolovo va Sinelnikovo temir yo‘l stansiyalari hududida ikkita elektr podstansiyasi yuqori aniqlikdagi havodan uchiriladigan raketalar bilan ishdan chiqarildi.
Rossiya Aerokosmik kuchlari armiya aviatsiyasining Ukraina Qurolli Kuchlarining 63-mexanizatsiyalashgan brigadasining Xerson viloyatidagi Belogorka va Lozovoe aholi punktlari hududlaridagi jangovar pozitsiyalariga bergan zarbasi natijasida Ushbu brigadaning 105 va 107-batalonlarining 160dan ortiq shaxsiy tarkibi yo‘q qilindi.
Donesk Xalq Respublikasining Marinka aholi punkti yaqinida joylashgan Ukraina Qurolli Kuchlarining 66-mexanizatsiyalashgan brigadasi jangovar pozitsiyalariga artilleriya zarbasi oqibatida ushbu bataloni shaxsiy tarkibining 70 foizdan ortig‘i yo‘q qilindi.
DXRning Ugledar, Vodanoe va Dobrovolye aholi punktlari hududlarida joylashgan Ukraina Qurolli Kuchlarining 53-mexanizatsiyalashgan va 68-piyoda jangovar brigadalarining pozitsiyalariga Rossiya Aerokosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi qurollari yordamida bergan zarbasi natijasida 260 dan ortiq millatchilar halok bo‘ldi.
Soledar yo‘nalishida hujum harakatlari va Ukraina qo‘shinlari jangovar pozitsiyalarga zarba berish natijasida Ukraina Qurolli Kuchlarining 58-motoo‘qchilar brigadasi 15-batalonining shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasining 50 foizdan ortig‘i yo‘q qilindi.
Operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriya Ukraina hududidagi harbiy obyektlarga zarba berishda davom etmoqda.
O‘tgan kun davomida quyidagilar zarba berildi: Xerson viloyatining Artyomovsk aholi punktida joylashgan 112-hududiy mudofaa brigadasining qo‘mondonlik punktlari, Osokorovkadagi 60-piyoda brigadasi, shuningdek, Xarkov viloyatidagi Merfa aholi punkti, DXRning Konstantinovka aholi punktida, Dnepropetrovsk viloyatining Nikolayev va Velikomikhaylovka shaharlarida dunmanning ishchi kuchi, qurol-yarog‘ va harbiy texnika, shu jumladan millatchi batalonlari yo‘q qilindi.
Nikolayev viloyatining Zaychevskoe aholi punktida raketa va artilleriya qurollari ombori, DXRning Kramatorsk va Konstantinovka aholi punktlari hududidagi uchta o‘q-dorilar ombori, shuningdek, ikkita yoqilg‘i ombori Xarkov viloyatining Chuguyev va Kovaga hududlarida harbiy texnika yo‘q qilindi.
Kontrartilleriya zarbasi bilan Donesk Xalq Respublikasining Mayorsk aholi punkti yaqinida Ukrainaning "Msta-B" artilleriya vzvodi yo‘q qilindi
Bundan tashqari, Donetsk Xalq Respublikasining Seversk, Artemovsk, Panteleimonovka, Georgiyevka, Novosolka, Xristishche va Xerson viloyatining Novoaleksandrovka aholisi yashaydigan hududlarda uchta "Grad" ko‘p raketa tizimlarining vzvodlari, shuningdek to‘rtta "Giatsint-B" artilleriya vzvodlari va uchta D-30 gaubitsalari o‘q otish joylarida bostirildi.
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada DXRning Marinka, Xerson viloyatining Chervonoe va Xarkov viloyatining Uda aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Donetsk Xalq Respublikasining Novotroitskoe aholi punkti hududida ikkita reaktiv snaradi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri jami 267ta samolyot, 148ta vertolot, 1741ta uchuvchisiz uchish apparati, 365ta zenit-raketa tizimi, 4311ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 799ta ko‘p raketa tizimlariga ega jangovar texnika, 3.30 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 4891 dona maxsus harbiy mashinalar yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0