Rossiya

Oq uy suveren davlatlarda olib borilayotgan tergovga aralashmasligi kerak – Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Mediabankka oʻtishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Zaxarova AQSH prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning Oq uy Trampdan maxfiy hujjatlar topilishi boʻyicha tergovga aralashmasligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari suveren davlatda olib borilayotgan har qanday tergovga aralashmasligi kerak. Chunki Oq uy sobiq prezident Donald Trampning tergoviga aralashmaydi. Bu haqda bugun Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova oʻzining Telegram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Shu tariqa Zaxarova AQSH prezidenti matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning Oq uy Trampdan maxfiy hujjatlar topilishi boʻyicha tergovga aralashmasligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.
“Unda nega u boshqa tergovlarga aralashadi? Oq uy va Davlat departamenti boshqa suveren davlatlarda olib borilayotgan tergovga aralashmasligi kerak, chunki Amerika tergovlariga hech kim aralashmaydi”, - dedi Zaxarova.
Tramp oʻtgan hafta uning Mar-a-Lagodagi uyida FQB xodimlari tomonidan reyd oʻtkazilganini aytgan edi. Sobiq prezidentning qoʻshimcha qilishicha, FQB xodimlari tintuvlar chogʻida hech kimga, jumladan, advokatlarga ham ruxsat bermagan.
“Wall Street Journal”ning yozishicha, sobiq prezidentning mulkida tintuv oʻtkazish chogʻida FQB xodimlari 11 ta maxfiy hujjatlar toʻplamini, shuningdek, hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin qutilarni olib qoʻygan. Musodara qilingan hujjatlar orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounning avf etilishi haqidagi farmon ham bor edi.
Yangiliklar lentasi
0