O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi oshdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishAvtomobil Hyundai
Avtomobil Hyundai - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Import qilingan yengil avtomobillarning umumiy qiymati 460,9 mln dollarga teng.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlardan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Import qilingan yengil avtomobillarning umumiy qiymati 460,9 mln dollarga teng.
O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobillar import qilgan.
O‘zbekiston eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 7950 ta;
Koreya – 5658 ta;
Qozog‘iston – 3422 ta;
Rossiya – 1283 ta;
AQSh – 204 ta;
BAA – 95 ta;
Yaponiya – 78 ta;
Germaniya – 53 ta.
Avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6750 taga oshgan.
Eslatib o‘taimz, avvalroq elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 3,2 baravarga oshgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0