Rossiya ittifoqchilari gegemonga bo‘yin egmaydi - Putin nutqidan asosiy fikrlar

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v otkritii foruma "Armiya-2022"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v otkritii foruma Armiya-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiyaning xorijiy ittifoqdoshlari bilan munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
TOShKENT, 15 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Armiya-2022" forumining ochilish marosimida nutq so‘zladi.
Quyida prezident nutqidan asosiy fikrlar:
Rossiya va LDNR askarlari maxsus operatsiya vaqtida o‘z burchlarini sharaf bilan bajarmoqdalar, respublikalarda tinchlik uchun kurashmoqdalar. Rossiya qurolsozlari armiyani barcha zarur turdagi zamonaviy qurollar bilan ta’minlamoqda.
Rossiyaning turli qit’alarda ko‘plab ittifoqchilari va hamfikrlari bor. Ularning rahbarlari gegemonga bosh egmaydilar. Ular ko‘p qutbli dunyoni himoya qilishga hissa qo‘shadilar. Rossiya Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikadagi hamkorlarini qadrlaydi.
Rossiya Federatsiyasi o‘z ittifoqchilariga turli xil qurollarni taklif qilishga tayyor: o‘q otish qurollaridan tortib zirhli transport vositalari va artilleriya, aviatsiya va uchuvchisiz samolyotlargacha. Rus qurollari dunyoda o‘zining ishonchliligi va samaradorligi bilan obro‘y qozongan.
"Armiya-2022" forumi Rossiya mudofaa sanoatining yangi istiqbolli qurol turlarini, xususan, sun’iy intellekt, axborot va elektron urush, robototexnika va nishonga aniq zarba beruvchi qurollar sohasida yaratish imkoniyatlarini namoyish etdi.
Bugungi kunda Rossiya ishlab chiqarayotgan istiqbolli qurol namunalari xorijiy muqobillaridan o‘nlab yillar oldinda.
Vladimir Putin ittifoqchi va hamkorlarni qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarga taklif qildi. Jumaladan KXShT va ShHT doirasida.
"ArMI-2022" - Xalqaro armiya o‘yinlari jangovar mahorat namoyish etuvchi maydonga aylanadi – bu safar ularda 37 davlatdan olti ming askar va ofitser ishtirok etmoqda.
Vladimir Putin shuningdek tarixni soxtalashtirish va irqchilikka qarshi kurashish urinishlariga keskin javob berish zarurligini e’lon qildi. U shuningdek, Butunjahon antifashistik kongressi ishini qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, "Armiya-2022" - xalqaro harbiy-texnik forumi 15-22 avgust kunlarida Moskva viloyati Kubinka aholi punktida joylashgan "Patriot" parkida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya va xorijiy davlatlardan 1500 dan ortiq harbiy sanoat korxonalari ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaga 30 mingga yaqin odam tashrif buyurishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0