Rossiya O‘zbekistonga eng ko‘p aviachipta xarid qilgan davlatlar orasida yetakchi bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa "Platov" v Rostove-na-Donu.
Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways na vzletnoy polose aeroportovogo kompleksa Platov v Rostove-na-Donu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Chiptalar narxi sezilarli darajada oshganiga qaramay, rossiyaliklar qidiruvlar va bron qilish soni bo‘yicha reytingda birinchi o‘rinni egallashdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga aviachiptalarni xarid qilish bo‘yicha talabi 141%ga oshdi.
Joriy yilning yoz mavsumida xorijliklarning O‘zbekistonga aviachiptalarni qidirish va bron qilish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 2,4 barobar oshdi.
Mamlakatga sayyohlar asosan Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Belarus va AQShdan kelmoqda.
Qayd etilishicha, Tojikiston ko‘rsatkichi esa o‘tgan yilning yoziga nisbatan o‘z o‘rnini yo‘qotdi.
Turli davlatlarda O‘zbekiston aviachiptalariga bo‘lgan talab quyidagicha oshdi:
Koreya - 180%;
Turkiya - 144%;
Qozog‘iston - 46%;
AQSh – 60 %.
O‘zbekistonga chiptalar narxi ham o‘zgardi. Shu yilning yozi uchun Rossiyadan chiptalarning o‘rtacha narxi 1 963 483 so‘mni tashkil etmoqda. Bu narx o‘tgan yilning shu davrida 14 foizga arzon bo‘lgan.
Chiptalar narxi sezilarli darajada oshganiga qaramay, rossiyaliklar qidiruvlar bo‘yicha ham, bron qilish soni bo‘yicha ham reytingda birinchi o‘rinni egallashdi.
O‘zbekistonga chipta qidirayotgan yetakchi shaharlar orasida Vladivostok va Moskva bor. Bu yil Vladivostok Sankt-Peterburgdan o‘zib ketdi.
Amerikaliklar chiptalarni asosan Nyu-Yorkdan, turklar, qozog‘istonliklar, belaruslar va koreyslar esa poytaxtlardan izlamoqda.
Kuzda xorijliklar orasida talabning o‘sishida ham ijobiy tendensiya kuzatiladi. Aviasales.uz ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga kuzgi sayohatga qiziqish bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Belarus, Germaniya va Isroil kiradi.
Yangiliklar lentasi
0