Toshkentda mustaqillik bayrami munosabati bilan muzeylar haftaligi o‘tkaziladi

CC0 / Ehedaya / Museum of Applied Arts in Tashkent, UzbekistanGosudarstvenniy muzey prikladnogo iskusstva Uzbekistana
Gosudarstvenniy muzey prikladnogo iskusstva Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan poytaxtda farg‘onalik hunarmandlar jam bo‘ladi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik davrida qayta tiklangan hunarmandchilik” nomli an’anaviy muzeylar haftaligi o‘tkaziladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga muzey matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir 2-sentabrdan 8-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Uning doirasida farg‘onalik hunarmandlar poytaxtga maxsus tashrif buyurib, quyidagi mahorat darslarini o‘tkazishadi:
2 sentabr - milliy matolar yaratish;
4 sentabr - keramika;
6 sentabr - yog‘och o‘ymakorligi.
Mahorat darslarini olib borish soat 17.00 dan 21.00 gacha rejalashtirilgan.
Ishtirok etuvchilar 27-avgustga qadar quyidagi raqamlarga murojaat etib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin : + 998 71 256 40 42 va +998 71 256 28 58.
Yangiliklar lentasi
0