Tramp tintuv paytida olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarishni so‘radi

© AP Photo / Evan VucciDonald Tramp vo vremya press-konferensii v Belom dome 16-sentabrya 2020 g.
Donald Tramp vo vremya press-konferensii v Belom dome 16-sentabrya 2020 g. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2022
Obuna bo‘lish
Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, FQB xodimlari tintuvlar chog‘ida hech kimga, jumladan, advokatlarga ham ruxsat bermagan.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining Mar-a-Lagodagi uyida tintuv o‘tkazish chog‘ida Federal qidiruv burosi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan hujjatlarni qaytarib berishni talab qildi.
“Men bu hujjatlarni zudlik bilan olingan joyga qaytarishni chin dildan so‘rayman. Rahmat!” deb yozgan Tramp o‘zi yaratgan Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Tramp o‘tgan hafta uning Mar-a-Lagodagi uyida FQB xodimlari tomonidan reyd o‘tkazilganini aytgan edi. Sobiq prezidentning qo‘shimcha qilishicha, FQB xodimlari tintuvlar chog‘ida hech kimga, jumladan, advokatlarga ham ruxsat bermagan.
“Wall Street Journal”ning yozishicha, sobiq prezidentning mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida FQB xodimlari 11 ta maxfiy hujjatlar to‘plamini, shuningdek, hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin qutilarni olib qo‘ygan. Musodara qilingan hujjatlar orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounning avf etilishi haqidagi farmon ham bor edi.
Yangiliklar lentasi
0