Afg‘onistondan olib qochilgan vertolotlar Ukrainaga berilmasligi kerak – Rossiya TIV

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishKabul
Kabul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Diplomat Zamir Kabulov Afg‘onistonda o‘g‘irlab ketilgan vertolotlarning Ukrainaga yetib borishi xavfi haqida gapirdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Rossiya o‘tgan yili Afg‘onistonning sobiq harbiylari O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochgan 100 ga yaqin samolyot va vertolotni Ukrainaga berilishini istamaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz uchun afg‘on harbiy rahbariyati va askarlari qochayotganda olib ketgan hamda O‘zbekiston va Tojikiston hududiga tushib qolgan vertolot va samolyotlar Ukrainaga kirmasligi muhim”, dedi Kabulov.

Uning eslatishicha, o‘shanda 60 ga yaqin vertolot va samolyot Tojikistonga, 40-50 atrofida O‘zbekistonga o‘tib ketgan.
O‘tgan yilning avgust oyida Kobulda Tolibon* hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari uchuvchilari o‘z qarindoshlari bilan mamlakat harbiy-havo kuchlarining samolyotlari va vertolotlarida O‘zbekistonga qochib ketishgan.
Mahalliy OAV Toshkentdagi rasmiylarga tayanib xabar qilishicha, respublika Afg‘onistonga harbiy samolyotlarni qaytarishni rejalashtirmayapti, chunki u AQSh mulki hisoblanadi.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0