“Imom Buxoriy” ordeni ta’sis etildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni uchun 21 mln so‘m, “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlanganlarga esa 15 mln so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda ikki darajadan iborat bo‘lgan “Imom Buxoriy” ordeni ta’sis etildi. Bu haqida prezident O‘RQ–789-sonli qonunni imzoladi.
© Adliya vazirligi“Imom Buxoriy” ordeni ta’sis etildi
“Imom Buxoriy” ordeni ta’sis etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
“Imom Buxoriy” ordeni ta’sis etildi
Hujjatga ko‘ra, “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni “Imom Buxoriy” ordenidan yuqori darajada hisoblanadi.
“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni
Mazkur orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti hamda ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishganligi uchun:
xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;
xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;
xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari, shuningdek xorijiy arboblar va olimlar;
mamlakatning atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, atoqli olimlar, adiblar, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilar mukofotlanadi.
“Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga BHMning 70 baravari (21 mln so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
“Imom Buxoriy” ordeni
Ushbu orden bilan buyuk allomalarning ilmiy va diniy merosini tadqiq etish hamda targ‘ib qilish, islom dinining umuminsoniy qadriyatlari va asl mohiyatini mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlarga yetkazishdagi xizmatlari uchun:
ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va adabiyot sohasi xodimlari;
davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari;
diniy ulamolar;
olimlar va tadqiqotchilar mukofotlanadi.
“Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga BHMning 50 baravari (15 mln so‘m) miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.
Yangiliklar lentasi
0