Dunyoda

Maymun chechagi virusiga keng jamoatchilik takliflari asosida qayta nom beriladi - JSST

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka oʻtishEmblema Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya na dveryax shtab-kvartirы v Jeneve
Emblema Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya na dveryax shtab-kvartirы v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tashkilotning viruslarga nom berish vakolatidan keng jamoatchilik ham foydalanishi mumkin - tafsilotlar.
TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi virusi nomini oʻzgartirish boʻyicha keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, bunga olimlar va tibbiyot mutaxassislari tomonidan mazkur xastalik notoʻgʻri nomlanganiga doir takroriy eʼtirozlar sabab boʻlgan.
Aslida, viruslarga nom berish JSST vakolatiga kiradi. Biroq bu gal odamlarga onlayn portal orqali oʻz takliflarini yetkazishi uchun imkoniyat yaratildi.
Maymun chechagining Kongo havzasi versiyasi endi "I tur", Gʻarbiy Afrika varianti esa “II tur” deb ataladigan boʻldi.
Virusning oʻziga esa keng jamoatchilik takliflari asosida yaqin istiqbolda qayta nom berilishi kutilyapti.
Maʼlumot uchun, maymun chechagi atamasi 1958 yilda istilohga kiritilgan. Virusning asosiy variantlari ular keng tarqalgan geografik hududlarga qarab nomlangan.
Biroq zamonaviy amaliyotga koʻra, yangi aniqlangan viruslar, infektsiyalar mutatsiyalari va ular bilan bogʻliq kasalliklar atamalari madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik jihatdan kamsituvchi mazmunga ega boʻlmasligi zarur.
Qolaversa, savdo-sotiq yoki yoʻlovchi tashish jamiyatlari faoliyati, turizm hamda hayvonot dunyosiga nisbatan munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Yangiliklar lentasi
0