“Toifalarga ajratishmoqda”. Yevropada Uchinchi reyx uslubini eslashdi

© © RIA Novosti / Valeriy Melnikov / Pereyti v fotobankrossiyane
rossiyane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
Boltiqbo‘yi va bir necha Sharqiy Yevropa mamlakatlari Rossiya va Belarus fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatishmoqchi. Vaholanki YeIning yetakchi mamlakatlari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagani yo‘q.
Yevroittifoqning ko‘p a’zolari rossiyaliklarga shengen vizasi berishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Chexiya, Polsha, Belgiya cheklovlarni allaqachon kiritishdi va boshqa davlatlarni ham shunday yo‘l tutishga chaqirishmoqda.
Taklif avgust oyi oxirida YeI TIV rahbarlari bilan bo‘ladigan uchrashuvda ko‘rib chiqiladi. Rossiyaliklar uchun temir parda tushiriladimi?- batafsil RIA Novosti materialida.

"Jodugar ovi"

Rossiya fuqarolari uchun shengen vizalari siyosat jihatidan ham, etika tomondan ham eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan masalaga aylandi. Estoniya bosh vaziri Kai Kallasning “Yevropaga kelish- bu inson huquqi emas, balki imtiyoz” degan so‘zlari yonib turgan olovga moy sepdi. 18-avgustdan boshlab Estoniyaga o‘zi bergan ruxsatnomalar bilan kirishga cheklovlar o‘rnatildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, “o‘z dushmanligi bilan ko‘p mamlakatlar hatto aqldan ozish darajasiga borishapti va shunday bayonotlar berishmoqdaki, ularni biz 80-yil oldin Yevropaning markazidan, bir qancha Yevropa mamlakatlaridan eshitgan edik”. Uning fikricha, “vaqti kelib sog‘lom aql tiklanadi va bunday bayonot berganlar o‘zlariga kelib olishadi”.
Biroq, g‘oyani qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. 14-avgust kuni birvarakayiga ikkita mamlakat- Polsha va Latviya tashabbusni umumevropa bosqichiga olib chiqishlarini ma’lum qilishdi. Varshava tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Rigada esa respublikada allaqachon berilgan ruxsatnomalar va rezident kartalarini qayta ko‘rib chiqishmoqchi.

“Albatta rossiyalik sayyohlar ko‘p pul qoldiradigan mamlakatlar bu taklifga xursand bo‘lmasliklarini bilaman. Germaniya kansleri bu borada shubhalarini ham bildirdi. Biroq men bu haqida gapirish kerak deb hisoblayman. Prinsip tufayli”, - deydi Latviya prezidenti Egils Levits.

Ayni paytda o‘nta mamlakat rossiyaliklar uchun yopildi yoki o‘z hududiga kirishni murakkablashtirdi. Chexiya 25-fevral kuni Rossiya, keyinchalik Belarus fuqarolari uchun o‘z mamlakatiga kirishni taqiqlagan edi. Slovakiya, Belgiya, Polsha, Niderlandiya, Daniya, Estoniya, Latviya va Litva- bu mamlakatlarga kirish mumkin, faqat boshqa mamlakatlar shengen vizalari orqali.
Shu bilan birga taqiq tarafdorlarining turlicha gapirishmoqda. Estoniyada rossiyaliklarni mamlakatning ichki xavfsizligiga tahdid qilyapti deyishsa, Latviyada Rossiyaga muxolifat kayfiyatidagi ko‘proq odamlarni jo‘natish kerak deb hisoblashmoqda.

Qo‘llab-quvvatlamaymiz, qoralamaymiz ham

Yevroittifoqning viza kodeksida kam muddatli vizalarning berishni to‘xtatish yozilmagan deydi Yevrokomissiya vakili Anita Xipper. Viza berish shart bo‘lgan fuqarolar toifasi doim bo‘ladi: gumanitar holatlarda, oila a’zolari yoki jurnalistlar uchun, deydi u.
Germaniya kansleri Olaf Shols ushbu tashabbusning qanday ishlashini tasavvur qilishga qiynalayotganini aytdi. Chunki “oddiy fuqarolar Ukrainada bo‘lib o‘tayotganlar uchun javobgar emas”, Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar esa “ko‘p-ko‘p aniq odamlarga taaluqli”.
Vladimir Zelenskiy Yevroittifoqni o‘ta radikal choralar ko‘rishga undamoqda. Ukraina prezidenti “Rossiyaning bor aholisini yakkalash kerak” deb hisoblamoqda. Mamlakatdan ketgan muxolifatchilarga esa u qochqin maqomida murojaat qilishni taklif qildi.
Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari avgust so‘nggida Pragada viza berishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqadi. Va cheklovlar nafaqat sayyohlar, balki fuqarolik jamiyatlari vakillari, Yevropa mamlakatlari fuqarosi bo‘lmish odamlarning yaqinlari hamda talabalarga ham taaluqli bo‘ladi.

Tartibsizlik va bema’nilik

“Harakatlanish erkinligi - inson huquqlarining eng asosiylaridan biri, - deydi siyosatshunos Sergey Markov. Uni qo‘pol buzishga chorlagan chaqiriqlar - bu global siyosatda Yevropa sivilizatsiyasi roliga qarshi chiqish”.
YeI dagi muammoga turlicha qarashlarni siyosatshunos rusofobiya darajasiga bog‘liq deydi. Fuqarolar bo‘lmagan institutlari bor Sharqiy Yevropa mamlakatlarida Rossiyaga tajovuz ko‘p sodir bo‘ladi
“Umumiy qoidani kiritish uchun YeI ning barcha mamlakatlarining roziligi kerak bo‘ladi”, - deydi MGIMO Yevropa huquqi kafedrasi dotsenti Nikolay Toporin.
“Shengenda ichki chegaralar yo‘q, ammo Shengen kodeksini nazorat qiladigan tashqi chegaralar bor. Hozir taxminan o‘nta mamlakat, (asosan kichik davlatlar) rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatish tarafdori. Birinchi qaldirg‘och Estoniya bo‘ldi. U o‘z hududiga kirishni tashqi chegaralar orqali ham taqiqladi. Boshqa mamlakatlar yoki o‘z pozitsiyasini bildirishmayapti yoki o‘z noroziligini shunday choralar bilan bildirishmoqda”, - deydi ekspert.
"Shengen zonasining agar bitta mamlakati bo‘lsa ham rossiyaliklarni kiritishni davom ettirsa, vaziyat bema’ni bo‘ladi, - deydi Toporin. -Masalan, hozir Estoniya o‘zi bergan vizalar bo‘yicha mamlakat hududiga kirishni taqiqladi. Ammo bu viza bilan Latviya orqali kirish mumkin".
“Estoniyaliklar uzlarning vizalari orqali chegaradan o‘tish taqiqlanganini aytishdi, ammo Latviya yoki Finlyandiya vizalari orqali qirish- taqiqlanmagan. Agar bir qarorga kelishmasa, umuman tartibsizlik va bema’nilik bo‘ladi. Bitta mamlakat cheklovlar o‘ylab chiqaradi, boshqalari esa bunga tayyor emasman deydi”.
Qiyinchiklar boshqa joyda paydo bo‘lishi mumkin: Rossiyaning YeI bilan faqat uchta quruqlik chegaralari bor - Estoniya, Latviya va Finlyandiya bilan. Agar ular o‘z hududlarini rossiyaliklar uchun yopishsa, bu rossiyaliklar uchun Yevropaning boshqa mamlakatlariga kirish masalasini chindan ham murakkablashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0