“Tolibon”* yollangan jangarilarni Ukrainaga o‘tkazmaslikka kafolat berdi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishIO ministra inostrannix del Afganistana, chlen rukovodstva dvijeniya "Taliban"* Amir Xan Muttaki i predstavitel politicheskogo soveta dvijeniya "Taliban"* Shaxabuddin Delavar
IO ministra inostrannix del Afganistana, chlen rukovodstva dvijeniya Taliban* Amir Xan Muttaki i predstavitel politicheskogo soveta dvijeniya Taliban* Shaxabuddin Delavar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2022
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* Afg‘oniston hududidan Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga hech qanday tahdid bo‘lmasligiga va’da bergan edi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. “Tolibon”* harakati o‘z imkoniyatlari doirasida terrorchilik tashkilotlari, jumladan IShID** jangarilarini Ukrainaga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymasligini kafolatladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Tolibon” o‘zining haqiqiy imkoniyatlari doirasida (bunga) yo‘l qo‘ymasligiga kafolat berdi. Va ular mutlaqo ikkiyuzlamachilik qilmaydi”, deya qo‘shimcha qildi yuqori martabali diplomat.
O‘tgan yilning avgust oyida hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* Afg‘oniston hududidan Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga hech qanday tahdid bo‘lmasligiga va’da bergan edi.
2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon”* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.
31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. Sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
** Rossiya va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0