Don ortilgan kemalar Odessa va Chernomorsk portlarini tark etdi

© Sputnik / Maxim Durnev / Mediabankka o‘tishSuxogruz Razoni s ukrainskim zernom v Stambule
Suxogruz Razoni s ukrainskim zernom v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
1 avgustdan 15-avgustgacha 21 ta quruq yuk kemasi Ukraina portlaridan jo‘nab ketdi. Ular tomonidan 563 ming tonnadan ortiq don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tashildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Bugun, 17-avgust kuni Odessa va Chernomorsk portlaridan Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘lgan to‘rtta quruq yuk kemasi jo‘nab ketdi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi xabar bergan.
“Ukraina portlaridan don jo‘natish rejadagidek davom etmoqda. Ertalabdan boshlab Ukrainaning Odessa va Chernomorsk portlaridan yana to‘rtta kema qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan jo‘nab ketdi”, deyiladi xabarda.
Umumiy hisobda 1-avgustdan 15-avgustgacha 21 ta quruq yuk kemasi Ukraina portlaridan jo‘nab ketdi. Ular tomonidan 563 ming tonnadan ortiq don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tashildi.
Ukraina donini Qora dengiz portlaridan eksport qilish 22-iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari tomonidan imzolangan “oziq-ovqat shartnomasi”ga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatlar to‘plami Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashni nazarda tutadi, shuningdek, Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Qora dengiz portlaridan maxsus yaratilgan gumanitar dengiz yo‘laklari bo‘ylab tijorat kemalarining xavfsiz chiqishi algoritmini belgilaydi.
Yangiliklar lentasi
0