Mirziyoyev Masjidun Nabaviyga kelib, ikki rakat namoz o‘qidi - video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Medinu.
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Medinu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri - Masjidun Nabaviyga kelib, ikki rakat namoz o‘qidi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining birinchi manzili - muqaddas Madina shahriga keldi.
Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlati rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yo‘l oldi.
Shavkat Mirziyoyev Masjidun Nabaviyga kelib, ikki rakat namoz o‘qidi.
Prezident O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilab duo qildi.
Yangiliklar lentasi
0