O‘zbekiston va Tojikistonning ikki mintaqasi 26 million dollarlik shartnoma imzoladi

© Foto: Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi
Surxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Surxondaryolik va xatlonlik tadbirkorlar o‘rtasida qator eksport va investitsiya shartnomalari imzolandi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish forumi doirasida umumiy qiymati 26,6 million dollarlik shartnoma imzolandi.
Nurek shahrida bo‘lib o‘tgan forumda ikki viloyat tadbirkorlari, shuningdek, Xatlon viloyati rahbarlari Qurbon Hakimzoda va Surxondaryo To‘ra Bobolov ishtirok etgan.
Forum yakunlari bo‘yicha ikki viloyat o‘rtasida "Yo‘l xaritasi", turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum, 15 ta investitsiya shartnomasi imzolangan. Jami 23 ta hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Ta’kidlanishicha, ushbu yangi bitimlarning imzolanishi ikki mintaqa hamkorligining rivojlanishiga ko‘maklashadi.
© Foto: Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi
Surxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Surxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi
Surxondaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, viloyat delegatsiyasi Qubodiyon tumanidagi “O‘zbekiston va Tojikiston do‘stligi” salomatlik markazida bo‘lishdi. O‘tgan yilning mart oyida ikki davlat rahbarlari onlayn tarzda ishga tushirgan 200 o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, delegatsiya Xatlondagi kichik sanoat korxonalari, zamonaviy issiqxonalar, tarixiy obidalar, qishloq xo‘jaligi yerlarida bo‘ldi.
© Foto: Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi
Surxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Surxondaryo delegatsiyasining Tojikistonning Xatlon viloyatiga tashrifi
Qolaversa, qo‘shnimamlakatning turizm salohiyativa ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni kengaytirishgaxizmat qiladiganimkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Yangiliklar lentasi
0