O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Islom o‘yinlarini 8ta medal bilan yakunlashdi

© O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Islom birdamlik o‘yinlarini 8 ta medal bilan yakunlashdi
O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Islom birdamlik o‘yinlarini 8 ta medal bilan yakunlashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Musobaqa yakunida sportchilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekistonlik paralimpiyachilar musobaqani 8 ta medal bilan yakunlashdi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 7 nafar ishtirokchisi 4 ta para sport turida ishtirok etdi.
“Musobaqa yakunida sportchilar 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi”, deyiladi xabarda.
V Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi yosh va yangilanlan tarkibda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, V Islom birdamligi o‘yinlari 18-avgustga qadar davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0