Poytaxtning ayrim tumanlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi

© SS0 / Unsplash / Christian DubovanLampochka, illyustrativnoe foto
Lampochka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” xabar berdi.
Bugun Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chirildi.
Elektr energiyasi o‘chirilgan hududlar:
Yashnobod tumani: Ohangrabo, Mo‘ynoq, Mumtoz, Visol, Uysozlar, Oqdaryo hamda Oq uy ko‘chalari;
Yakkasaroy tumani: H.Sulaymonova mahallasining Minglar hamda Mirobod 1-tor ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida hamda kichik tadbirkorlik subyektlari.
“Elektr energiyasi iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilish, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida o‘chirildi”, deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0