Prezident Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahrini ziyorat qiladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 17-avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.
Kunning ikkinchi yarmida Mirziyoyev Jidda shahriga keladi. Bu yerda oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, moliya sohalarida va madaniy-gumanitar yo‘nalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Alohida e’tibor “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, tibbiyot, kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga qaratiladi.
Sammit yakunida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.
Avvalroq Jiddada Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0