“Tolibon”* davrida giyohvand moddalar oqimi kuchaydi – Rossiya TIV

© Sputnik / StringerTalibi* 203-go armeyskogo korpusa «Mansuri” v afganskoy provinsii Xost
Talibi* 203-go armeyskogo korpusa «Mansuri” v afganskoy provinsii Xost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning birinchi choragida Tojikistonda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,5 barobar ko‘p afg‘on narkotiklari musodara qilingan.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. “Tolibon”* harakatining Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarishga qarshi kurashish niyatiga qaramay, ular hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlariga “shimoliy yo‘l” bo‘ylab giyohvand moddalar oqimi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yangi chaqiriq va tahdidlar departamenti direktori Vladimir Tarabrin RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.

“Tolibon”* harakati 2021-yil avgust oyida hokimiyatga kelganidan keyin narkotiklarga qarshi kurash rejalarini e’lon qildi. 2022-yil 3-aprelda yangi hokimiyat organlari ko‘knori yetishtirish, shuningdek, barcha turdagi giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va savdosi taqiqlanganini e’lon qildi. Biroq, aprel oyining ikkinchi yarmida mamlakat janubida ko‘knori yig‘ish va keyinchalik uni tashish uchun to‘siq bo‘lmadi. Shu bilan birga, “shimoliy yo‘nalish” bo‘ylab giyohvand moddalar savdosining sezilarli o‘sishi qayd etilgan”, - dedi Tarabrin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilning birinchi choragida Tojikistonda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,5 barobar ko‘p afg‘on narkotiklari musodara qilingan.

“BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021-yilda Afg‘onistonda 6800 tonnaga yaqin opiy ekvivalenti ishlab chiqarilgan, giyohvand moddalardan tushgan daromadlar hajmi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 14 foiziga yetgan”, - dedi Tarabrin.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.

Mavzuga oid:

Toliblar butun Afg‘oniston hududi bo‘ylab ko‘knori yetishtirishni taqiqlashdi
Afg‘onistonda giyohvandlarning rekord soni qayd etildi
O‘zbekiston bojxonachilari katta partiyadagi afg‘on narkotiklari tranzitini oldini olishdi
Yangiliklar lentasi
0