Toqqa chiqib, adashib qolgan olti kishi qutqarildi

© Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatChimon tog‘ tizmasi
Chimon tog‘ tizmasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Sayr qilish maqsadida 5 nafar nabirasi bilan Chimon tog‘ tizmasiga borgan fuqaro adashib qoldi. Ular qutqarilgan.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 15 avgust kuni Toshkent viloyatidagi Chimon tog‘ tizmasiga chiqqib, adashib qolgan olti nafar fuqaro 16-avgust kuni qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro D.G. Bo‘stonliq tumani Chimon tog‘ tizmasiga sayr qilish maqsadida 5 nafar nabirasi bilan borgan va yo‘ldan adashib qolib, pastga tusha olmagan. Bu haqda u 16-avgust kuni taxminan soat 13:50 viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.
“Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimon otradining alpinist qutqaruvchilari jalb qilindi”, - deyiladi xabarda.
Qutqaruvchilar tomonidan axoli punktidan 15 km uzoqlikda bo‘lgan Mozorsoy va Teshiktosh tog‘lari xududi bo‘ylab olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 16-avgust soat 18:20 da fuqarolar topilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu fuqarolarning xavfsizligi ta’minlangan holda psixologik yordam ko‘rsatilib, tog‘ cho‘qqisidan olib tushilgan. Fuqarolarning sog‘liqlar yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.
Yangiliklar lentasi
0