Toshkent aeroportiga 1000 ta yangi yuk aravachalari olib kelindi

© “Toshkent”xalqaro aeroporti matbuot xizmati“Toshkent”xalqaro aeroporti
“Toshkent”xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Bir oy oldin aeroportni bagaj aravachalari bilan ta’minlab kelgan kompaniya ushbu xizmatni ko‘rsatishdan bosh tortgan va barcha yuk aravachalarni olib ketgan edi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Islom Karimov nomidagi “Toshkent”xalqaro aeroportiga bagajlar uchun 1000ta yangi yuk aravachalari keldi. Bu haqda aeroport Matbuot xizmati xabar berdi.
“Toshkent xalqaro aeroporti Germaniyaning “Wanzl” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi bagaj aravalarini qabul qilib oldi”, - deyiladi xabarda.
© “Toshkent”xalqaro aeroporti matbuot xizmati“Toshkent”xalqaro aeroporti
“Toshkent”xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
“Toshkent”xalqaro aeroporti
Qayd etilishicha, bugungi kunda uchib ketish va uchib kelish zallariga kerakli miqdorda yuk aravachalari yetkazilgan.
Matbuot xizmatining eslatib o‘tishicha, bir oy oldin “Toshkent” aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq qiyin vaziyat yuzaga kelgan. “Abadiya Trade” xususiy korxonasi oldindan ogohlantirmasdan va shartnoma shartlarini buzgan holda ushbu xizmatni ko‘rsatishdan bosh tortgan hamda barcha yuk aravachalari olib ketgan.
“Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi mintaqaviy ayeroportlardan bir qancha yuk aravachalari Toshkentga olib kelishga, shuningdek, qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchidan aravachalar partiyasiga buyurtma berishga majbur bo‘lgan.
“Ayni paytda “Toshkent” aeroporti o‘z bagaj aravachalari bilan to‘liq ta’minlangan. Yaqin kunlarda barcha hududiy aeroportlarga yangi xizmat ko‘rsatish aravachalari ham keltiriladi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0