Ziyoratgohlarning yagona milliy portali yaratildi - tafsilotlar

© SputnikDostoprimechatelnosti v Buxare
Dostoprimechatelnosti v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
Obuna bo‘lish
Yagona milliy turistik axborot portaliga ziyoratgohlarning fotosurati va ularning manzili va obyekt haqidagi ma’lumotlar 20ta tilda taqdim etiladi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Endilikda O‘zbekistondagi ziyoratgohlar haqidagi ma’lumot bilan yagona milliy turistik axborot portalida tanishish mumkin bo‘ladi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.

“Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga ziyoratgohlar nomi, obyektning tashqi tomondan ko‘rinishi aks etgan suratlari, manzili hamda obyekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar joylashtirildi.

Ushbu ma’lumotlar respublika hududlarining ziyoratgohlariga “chorlovchi nuqta” sifatida xizmat qiladi.
Undan tashqari ushbu portalda O‘zbekiston tabiati, milliy taomlari, urf-otatlari hamda sayyohlik infratuzilmasi haqida turistlarni qiziqtirgan ma’lumotlar joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijliklarning O‘zbekistonga aviachiptalarni qidirish va bron qilish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 2,4 barobar oshgani ma’lum qilingandi. Mamlakatga sayyohlar asosan Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Belarus va AQShdan kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0