Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev Zaporojye AESda yirik provokatsiya tayyorlamoqda - Rossiya Mudofaa vazirligi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZdanie ministerstva oboroni RF
Zdanie ministerstva oboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
Konashenkov: Kiyev rejimi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zaporojye atom elektr stansiyasida rezonansli provokatsiya tayyorlamoqda.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Kiyev 19-avgust kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zaporojye atom elektr stansiyasida (AES) shov-shuvli provokatsiyani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

“19 avgust kuni Kiyev rejimi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Ukrainaga tashrifi chog‘ida Zaporojye atom elektr stansiyasida rezonansli provokatsiya tayyorlamoqda, buning natijasida Rossiya Federatsiyasi ushbu elektr stansiyasida texnogen falokat yaratishda ayblanadi”, - dedi Konashenkov.

Unga ko‘ra, 19-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlarining artilleriya brigadasi Nikopol shahrida joylashgan o‘q otish pozitsiyalaridan AES hududiga zarba berishni rejalashtirgan. Konashenkov Kiyev ularning oqibatlarida Rossiya Qurolli kuchlari ayblashni rejalashtirganini qayd etdi.
Konashenkovning aytishicha, “Dnepr” guruhi qo‘mondonligi Kiyevni AESdagi provokatsiyaga tayyorlash uchun 19-avgustgacha Zaporojye viloyatida radiatsiya kuzatuv postlarini joylashtirmoqda.

“Dnepr” tezkor-taktik guruhi qo‘mondonligi provokatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 19-avgustga qadar Zaporojye viloyatida radiatsiya kuzatuv postlarini joylashtirmoqda, shuningdek, 108-hududiy mudofaa brigadasi, 44-artilleriya brigadasi va harbiy qismlar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etmoqda”, - dedi Rossiya Mudofaa vazirligi vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning og‘ir qurollari Zaporojye atom elektr stansiyasi hududida ham, unga tutash hududlarda ham yo‘q. U yerda faqat xavfsizlik bo‘linmalari bor.

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Zaporojye AES xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda”, - dedi vazirlik rasmiy vakili.

Uning eslatishicha, Ukraina rahbariyati Rossiya qo‘shinlari ushbu AESni egallab olgani va AES ortiga yashirinib, uzoq masofali artilleriya tizimlaridan Ukraina Qurolli kuchlarini o‘qqa tutayotgani haqida bir necha bor mish-mishlar tarqatgan.

Mavzuga oid:

Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye AESining sovutish tizimiga zarba bermoqda
BMT Zaporojye AES o‘qqa tutilganiga e’tibor bermayapti – Rogov
Zaporojye AESni kim o‘qqa tutgani aniqlandi
Zaporojye AESida falokat yuz bersa buning uchun G‘arb javobgar bo‘ladi - Nebenzya
Zaporojye AES o‘qqa tutilishi yadroviy terrorchilik harakatidir – Rossiya Mudofaa vazirligi
MAGATE rahbari Zaporojye AESning o‘qqa tutilishidan xavotir bildirdi
Yangiliklar lentasi
0