Magnit bo‘roni vaqtida nimalarga e’tibor berish kerak?

© Sputnik / Sergei Pyatakov  / Mediabankka o‘tishLepeshki iz tandira na rinke v Tashkente
Lepeshki iz tandira na rinke v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
SSV magnit bo‘roni paytida aholi nimalarga e’tibor berishi kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Bugun magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 ballik o‘ta faol bosqichi kuzatilishi prognoz qilingan.
Bu tabiat hodisasi aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi bilan birga, inson salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan surunkali xastaliklarga chalingan, o‘rta va katta yoshli insonlar, ayniqsa, yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan yoki miokard infarkt, insultni boshdan o‘tkazgan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.
Chunki quyosh chaqnashlari tufayli hosil bo‘lgan magnit maydoni gipertoniklarda qon bosimi oshishi, gipotoniklarda esa aksincha, qon bosimi pasayishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, bosh og‘rig‘i, holsizlik, qolaversa, turli allergik reaksiyalar kuzatilishi ehtimoli mavjud.
Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi bunday ob-havo sharoitida surunkali kasalliklarga chalinganlar, keksa yoshli insonlar va homilador ayollardan quyidagi tavsiyalarga amal qilishlarini so‘ramoqda:
· Magnit bo‘roni paytida jismoniy faollik, jumladan zo‘riqtiruvchi ishlar va mashg‘ulotlarni cheklash maqsadga muvofiq.
· Avvalo, ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim.
· Sho‘r taomlar iste’molini cheklash kerak. Chunki tuz organizmda suv miqdorini kamaytirib, qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi.
· Sersuv meva-sabzavotlar, kaliy va S vitaminiga boy mahsulotlar ham salomatlik uchun juda foydali.
Yangiliklar lentasi
0