O‘zbekiston saudiyaliklar uchun vizasiz rejim joriy etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Flagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-yanvardan boshlab 30 kun muddatga Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilinadi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. 2023 yildan boshlab O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni imzolagan PF-190-son farmonida belgilangan.
“2023 yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakat aviachiptasini taqdim qilgan Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilinadi”, - deyiladi hujjatda.
Qayd etilishicha, mazkur rejim ikki mamlakat o‘rtasida madaniy, ilmiy va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash, shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida joriy etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-18 avgust kunlari Saudiya Arabistonida rasmiy tashrif b Bu oxirgi 30-yil ichida O‘zbekiston rahbarining ushbu mamlakatga ilk tashrifi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0