Kolumnistlar

Ukraina qanday qilib kamikadze-mamlakatga aylanmoqda?

© © RIA Novosti/Pereyti v fotobankoskolok snaryada
oskolok snaryada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Afgʻoniston, Checheniston, Iroq, Suriya, Liviyada boʻlgan mojarolarda turli radikallarni qoʻllab-quvvatlagan, taʼminlagan AQSH, Rossiyani terrorchilarga homiy davlat deb eʼlon qilmoqchi.
AQShning Rossiyani terrorizm homiysi mamlakati deb eʼlon qilish tahdidlari Vashingtonning sotilgan vassallari - Boltiqboʻyi mamlakatlarining shunga oʻxshash qarorlari bilan davom etdi. May oyida shunday yoʻl tutishda Litva rahbariyati “qahramonlik koʻrsatdi”, oʻtgan hafta esa - ularning Rigadagi qoʻshnilari.
Bu vaqtda aftidan AQSH elitasi ushbu stsenariyni jiddiy koʻrib chiqayotgandek: AQSH Senati shunga mos rezolyutsiyani allaqachon qabul qildi, biroq Bayden maʼmuriyati uni qoʻllab- quvvatlashga shoshilmayapti. Xususan, OAV ning yozishicha, davlat bosh kotibi Entoni Blinken faol qarshilik koʻrsatmoqda.
Sabablar tushunarli: bunday qaror nafaqat Vashingtonni Kreml bilan turlicha aloqa qilayotgan oʻz ittifoqdoshlariga sanktsiya qoʻllashga, balki eng kamida Karib inqirozidan buyon shundoq ham tarixda eng yomon munosabatlarni boshdan kechirayotgan Moskva bilan aloqalarini ham butunlay yoʻqqa chiqaradi.
Kremlda bunday hatti-harakat vaziyatni tubdan oʻzgartirishini maʼlum qilishdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova agar kongress ushbu rezolyutsiyani qabul qilsa ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni unutish mumkinligini aytdi.
Amerikalik siyosatchilarning bunday bemaʼni mulohazalari chalgʻitmasligi kerak. Vashington terrorizm homiysi maqomi bilan lanʼat kabi tahdid qilmoqda, vaholanki, AQShning oʻzi barcha mojarolarda: Afgʻoniston, Checheniston, Iroq, Suriya, Liviyada turli radikallarni qoʻllab-quvvatlagan, taʼminlagan. Odatda demokratik jamiyatda qoralangan va taʼqibga uchraganlarni Gʻarbning oʻzi pul, qurol-yaroq - turli xil yordam bilan taʼminlab kelgan.
Ammo, bugun Amerika hukumati Ukrainani toʻlaqonli kamikadze-mamlakatga aylantirish orqali terrorizmga homiylikni yangi bosqichga koʻtardi.
Oʻzingiz oʻylang: Zelenskiy nomli oʻsha prezident ukrain qoʻshinlari Zaporojye AESiga zarba berishda davom etishini oshkora aytmoqda. Chunki u yerda Rossiya boʻlinmalari bor emish. Va ularga bunday harakatlar ekologik fojialarga olib kelishi ham qiziq emas.
Qanday qilib Kiyev oʻziniki deb hisoblayotgan hududlar uchun jon kuydirish haqida alohida aytmaslik mumkin, odamlar haqida gapirmasa ham boʻladi.
Shu bilan birga hech qanday aniqlik bu otishmalarni oqlay olmaydi: halokatli zarbadan soʻng ishlayotgan energoblokdan 400 metr uzoqroqqa parchalar va raketa dvigateli kelib tushgan. Ukrain artilleriyachilarining nishonga olish qobiliyati esa koʻplab savollarni keltirib chiqaradi: Kramatorsk va Yelenovka sogʻlom aqlga ega odamlarga faqat ikkita variant qoldirishmoqda. Iosif Stalin aytgandek, ikki variant ham yomon - bu yoki notoʻgʻri hisobga olish yoki ataylab uyushtirilgan harbiy jinoyat.
Ukraina Qurolli Kuchlarining Nikopoldagi harakatlari buning fonida yanada bemaʼniroq koʻrinadi. U yerga Kiyev radiatsiya, kimyoviy va biologik himoyalanish boʻyicha oʻn ming harbiyga yaqin alohida polkni yoʻnaltirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu ishni navbatdagi provokatsiya demoqda.
Rossiya mudofaa nazorati milliy markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizintsevning aytishicha, Zaporoj AES hududidga bunday harakatlar butun qitʼaga yadroviy xavf tugʻdiradi. Ukraina chindan ham oʻzini kamikadze-mamlakat sifatida tutmoqda.
Bundan tashqari, hafta boshida ukrain diversantlarining Kursk viloyatidagi harakatlari maʼlum boʻldi. U yerda diversantlar atom elekstrostantsiyadan keladigan oltita elektr oʻtkazgich liniyalarini portlatishgan.
Shu bilan birga Ukraina Qurolli Kuchlari Gorlovkada otishmalarni davom ettirmoqda. Bir necha kun avval “Stirol” zavodi artilleriya zarbasiga uchradi. Zavod 2014 yildan buyon ishlamaydi, biroq shahar hududida mahalliy kimyoviy zavod koʻmilgan.

Umuman, ukrain qoʻshinlari oʻz harakatlari bilan ekologik falokatni keltirib chiqarishmoqda. Ammo bu hammasi emas. Ukrain harbiylarining “Lepestok” minalarini sochib chiqishayotganini olaylik: ular hech qanday harbiy vazifani bajarishayotgani yoʻq. Bu holatda asosiy maqsad - tinch aholini yoʻq qilish.

1993 yilda Britaniyaning The Independent gazetasi qiziq maqtovli maqola eʼlon qilgan edi: “Sovetga qarshi jangchi oʻz armiyasini tinchlikka yoʻnaltirdi”. Va maqola suratidan Usama bin Lodin jilmayib turibdi: material aynan uning Afgʻonistondagi “qahramonliklar”iga bagʻishlangan edi.
20 yil oʻtib esa Gʻarb matbuotida boshqa qahramonlar paydo boʻldi: endi Vladimir Zelenskiy rafiqasi bilan Vogue muqovasiga koʻrk bagʻishlab turibdi. Suratlarni Enni Leybovitsning oʻzi olgan. Nashr faqat personajlari bilan farq qiladi, ammo ahamiyati oʻsha-oʻsha - AQSH rahbarligidagi Gʻarb pul, qurol va barcha usullarda axborot koʻmagini berib radikal rejimlarni qoʻllab quvvatlashda davom etadi. Qolaversa, oʻtgan oʻn yillarga qaraganda ancha katta hajmlarda.
Vladimir Putin siyosiy karyerasining boshida taʼkidlaganidek, Rossiya terrorchilarni hamma joyda taʼkib qiladi. Va ular bilan muzokaralar qilishni aslo rejalashtirmaydi. Yaqinda Pyotr Poroshenko tan olgan, dastlab Ukrainaga urushga tayyorgarlik koʻrish imkonini berishga qaratilgan Minsk jarayonlari ham yetadi. Chunki Kiyevda hech kim masʼuliyatni boʻyniga olishni rejalashtirmagan.
Shunga qaramay,Ukrainaga tinchlik albatta keladi. Ammo oʻshanda Zelenskiy ham, uning dekorativ va bemaʼni arestovichlari, podolyaku kuleblari va katta siyosatga aralashib qolgan boshqa qalloblar ham boʻlmaydi.
Yangiliklar lentasi
0