BMT Bosh kotibi Odessaga keldi

© JEWEL SAMAD / AFPGeneralniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy Antoniu Guterrish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Odessada Guterrish, Erdog‘an va Zelenskiy Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini portlardan eksport qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaga tashrifi doirasida Odessa portiga yetib keldi. Bu haqda Ukraina parlamenti deputati Aleksey Goncharenko ma’lum qildi.
“Odessa, port. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Guterrish keldi”, deb yozgan Goncharenko Telegram kanalida.
Ta’kidlanishicha, Odessada Guterrish, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini portlardan eksport qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0