Mirziyoyev Saudiya Podshohini O‘zbekistonning yuksak mukofoti bilan taqdirladi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishKorol Saudovskoy Aravii Salman ben Abdel Aziz al Saud
Korol Saudovskoy Aravii Salman ben Abdel Aziz al Saud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Salmon bin Abdulaziz “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangan birinchi inson bo‘ldi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni mamlakatning yuksak mukofoti – “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiSaudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud
Ma’lumki, ushbu orden yaqinda, O‘zbekiston Respublikasining 15-avgustdagi qonuniga muvofiq ta’sis etilgan.
U bilan ilm-ma’rifatni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlari merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishdagi alohida xizmatlari uchun olimlar, tadqiqotchilar, adiblar, shuningdek xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari mukofotlanadi.
Salmon bin Abdulaziz ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0