Toqayev Sochiga yetib keldi

© AP Photo / Pavel GolovkinKasim Tokayev
Kasim Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna bo‘lish
Toqayev tashrif doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan Sochiga keldi. Bu haqda uning matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Davlat rahbari tashrif doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.
Kreml matbuot xizmati ta’kidlaganidek, oliy darajadagi muntazam muloqotni davom ettirishda prezidentlar “Rossiya-Qozog‘iston munosabatlarini yanada rivojlantirish, strategik sheriklik va hamkorlik masalalarini muhokama qilishni” rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, tomonlar joriy yilda Qozog‘iston raislik qilayotgan integratsiya birlashmalari, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tadi. O‘z navbatida, Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berishicha, muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari “Qozog‘iston-Rossiya strategik sherikligining dolzarb masalalari, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish”ni ko‘rib chiqishadi.
Putin va Toqayevning avvalgi uchrashuvi iyun oyi oxirida Ashxoboddagi oltinchi Kaspiy sammiti chog‘ida bo‘lib o‘tgan edi. Bundan tashqari, yozda prezidentlar Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida muzokaralar o‘tkazdi.
Yangiliklar lentasi
0