Iqtisod

Wildberries Oʻzbekistonning qaysi tovarlari eng koʻp xarid qilinayotganini aytdi

© Press-slujba Wildberries.ru / Mediabankka oʻtishInternet-magazin Wildberries
Internet-magazin Wildberries - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Onlayn savdo maydonchasi xabariga koʻra, soʻnggi yarim yilda MDHlik tadbirkorlar mahsulotlari ulushi 4,5 baravar, tadbirkorlar soni esa 12 baravar oshgan.
TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Oʻzbekiston va MDHning boshqa davlatlari tadbirkorlari Wildberries savdo maydonchasida oʻz ulushini 441 %ga, biznes vakillari soni esa 12 barobar oshib 69 ming nafarga yetdi, deb xabar qildi internet magazin.
2022 yilning birinchi yarmida Belarus, Qozogʻiston, Armaniston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondan kelgan xorijiy biznes vakillari Wildberries orqali mahsulot sotish hajmini oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 441 foizga oshirib, 5,1 milliard rublni tashkil etdi.

Onlayn savdo maydonchasida kimning qanday tovarlari mashhur:

Belarusiyadan eng koʻp xarid qilinadigan mahsulotlar: kipriklar uchun tush, ichki kiyim va gulqogʻoz.
Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlardan choy, shirinliklar va kosmetika sovunlari eng koʻp xarid qilingan.
Armanistondan mashhur mahsulotlar konservalangan sabzavotlar, murabbo va quritilgan mevalardir.
Qirgʻizistondan xaridorlar koʻpincha bluzka, pijama va uy hayvonlari uchun oziq-ovqat,
Oʻzbekistondan esa - futbolka, koʻylaklar va yengi uzun futbolkalar buyurtma qilishadi.
Kompaniya xabar qilishiga koʻra, soʻnggi vaqtda onlayn savdo maydonchasida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar savdosi sezilarli darajada oʻsgan: oziq-ovqat mahsulotlari (58 barobar), sogʻliqni saqlash mahsulotlari (28 barobar), shaxsiy himoya vositalari niqoblar, qoʻlqoplar va antiseptiklar (10 baravar), kantselyariya tovarlari (9 marta) va oʻyinchoqlar (9 marta).
“Biz logistika infratuzilmasini mustahkamlayapmiz: masalan Armanistonda distribyutorlik markazini ishga tushirdik, buning natijasida mamlakat tadbirkorlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri sotish imkoniyati paydo boʻldi.
Qozogʻistondagi logistika markazini 2,5 barobarga kengaytirib, 10 ming kv. Bu mahalliy biznes vakillarining elektron tijoratga yanada faol oʻtishiga olib keldi ", dedi Wildberries matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun, Wildberries Rossiyaning eng yirik onlayn savdo platformasi boʻlib u yerda Rossiya, MDH va Xitoyda ishlab chiqilgan millionlab tovarlarni xarid qilish mumkin. Soʻnggi yillarda kompaniya MDHning bir necha davlatlarida ham oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Kompaniya Toshkentda ham oʻz omborxonasi va tarqatish punktlarini ishga tushirgan.
Darvoqe, shu kunlarda Wildberries Rossiyada yangi brendni roʻyxatdan oʻtkazdi. Yaqin kelajakda kompaniya nomi ruscha "Yagodki" soʻziga almashtirilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0