Jamiyat

Oʻzbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining vakolatxonasi ochildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishGlavnoye zdaniye Sankt-Peterburgskogo Gosudarstvennogo universiteta na Vasilyevskom ostrove v Sankt-Peterburge.
Glavnoye zdaniye Sankt-Peterburgskogo Gosudarstvennogo universiteta na Vasilyevskom ostrove v Sankt-Peterburge. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining vakolatxonasi ochildi
TOSHKENT, 20 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining vakolatxonasi ochildi.
Vakolatxona “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritadi.
Vakolatxona hududdagi oliy oʻquv yurtlari bilan aloqalarni mustahkamlash, korporativ sektor bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, rus tili, tarixi va madaniyatini targʻib qilish, shuningdek, akademik almashinuvlarni, qoʻshma ilmiy va taʼlim loyihalarini rivojlantirish bilan shugʻullanadi.
Muassasa bazasida davra suhbatlari, onlayn maʼruzalar, taqdimotlar, konferentsiyalar, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar, rossiyalik olimlarning chiqishlari va rus tilidan test sinovlari oʻtkaziladi.
Kuzda “Sunʼiy intellekt va uni zamonaviy sanoatda qoʻllash usullari”, “Uyali va genetik texnologiyalar sohasidagi tendentsiyalar”, “Markaziy Osiyo mamlakatlari anʼanalarining Rossiya madaniyatiga taʼsiri” mavzularida ilk maʼruzalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Rossiya universitetlarining filiallari soni boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Respublikada Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnika universiteti, Gertsen nomidagi davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS, MIFI, MGIMO a oʻz filiallarini ochgan.
Yangiliklar lentasi
0