Iqtisod

Jazirama tufayli dunyo bozorida paxta narxi keskin oshdi – Bloomberg

© AFP 2022 / NOORULLAH SHIRZADASbor xlopka
Sbor xlopka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Paxta narxi 2011 yildan buyon rekord koʻrsatkich qayd etdi.
TOSHKENT, 21 avg — Sputnik. Gʻayritabiiy issiq ob-havo va qurgʻoqchilik sabab dunyo bozorida paxta narxi30 foizga oshdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, Hindiston, Xitoy, AQSH va Braziliya iqlim oʻzgarishi sababli paxta ishlab chiqarish bilan bogʻliq muammolarga duch kelishmoqda.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga koʻra, haddan tashqari qurgʻoqchilik va jazirama Braziliyada paxta hosildorligining qariyb 30 foizga, AQShda esa 28 foizga pasayishiga olib kelgan. Bu mamlakatlar hissasiga esa paxta ishlab chiqarishning qariyb yarmi toʻgʻri keladi.
Hindistonda kuchli yomgʻir va hasharotlar tufayli ishlab chiqarish hajmi shu qadar kamayganki, mamlakat chet elda xom ashyo sotib olishni boshlashiga majbur boʻlgan. Xitoy ham ob-havo tufayli paxta hosili sezilarli darajada kamayishidan xavfsirayapti.
Nashr buning natijasida jahonda paxta narxi 30 foizga oshgani va bu 2011 yildan buyon rekord koʻrsatkich ekanini taʼkidlamoqda. Bozor ishtirokchilari 2022 yilning ikkinchi yarmida paxta narxi barqarorlashayotganiga umid qilishmoqda.
Paxta narxining oshishi va ishlab chiqarish hajmining qisqarishi qator tovarlar – futbolkalar, tagliklar, qogʻoz, karton va boshqa mahsulotlar narxining koʻtarilishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda jaziramada paxta hosilini saqlab qolish uchun 27 iyuldan “dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0