“Qanot Sharq” yangi yo‘nalishda Moskvaga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Aviakompaniya Toshkent – Farg‘ona – Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarini amalga oshirishni boshladi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkent – Farg‘ona – Moskva yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali o‘zining ilk Toshkent – Farg‘ona – Moskva yo‘nalishidagi muntazam parvozlarini amalga oshirishni boshladi”, - deyilgan xabarda.
1/3
2/3
3/3
Ta’kidlanishicha, parvozlar Airbus A320 havo kemasida amalga oshiriladi. Qatnov xaftaning har shanba va yakshanba kunlari bajariladi.
Avvalroq “Qanot Sharq” Peterburgdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ygani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0