Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Jamoliddin Xojimanov Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Jamoliddin Xojimanov Chilonzor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 18-avgust kuni tegishli farmoyishni imzolagan.
Tayinlovga qadar Jamoliddin Xojimanov Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, 8-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan tumanning sobiq rahbari Shavkat Mavlonov va prokurori Izzat Bozorov lavozimidan ozod etilgan edi.
Ularning ishdan ketishiga Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida ko‘plab eman daraxtlarining tomir qismiga shikast yetkazilgani sabab bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0