DIFA Jahon Kubogida O‘zbekiston futbolchilari sovrindor bo‘ldi

© Informatsionnoe agentstvo "Dunyo"Uzbekistanskie futbolisti na Kubke mira v Polshe.
Uzbekistanskie futbolisti na Kubke mira v Polshe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2022
Obuna bo‘lish
Varshavada 40 yoshdan oshgan faxriylar o‘rtasida futzal bo‘yicha birinchi jahon Kubogi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Futzal bo‘yicha 40 yoshdan oshgan karlar o‘rtasidagi jahon Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi sovrindor bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Polshada 15-20 avgust kunlari qulog‘i kar faxriy futbolchilar o‘rtasida futzal bo‘yicha birinchi jahon Kubogi bo‘lib o‘tdi. U Xalqaro karlar futbol assotsiatsiyasi (DIFA) ko‘magida o‘tkazildi.
Turnir ilk marotaba kar futbol faxriylari xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Unda terma jamoalar Karlar sport federatsiyasi va Xalqaro karlar futbol assotsiatsiyasi sovrini uchun bellashishdi.
Mazkur chempionatda dunyoning sakkiz davlatidan jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqa mezboni Polsha terma jamoasini 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan O‘zbekiston terma jamoasi Braziliya terma jamoasini xuddi shu hisobda mag‘lub etdi. Keyinroq esa Marokash terma jamoasini 8:0 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda o‘zbekistonlik sportchilar Vengriya terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.
Futbol qoidalariga ko‘ra, sportchilar 40 yoshda faxriy bo‘lishadi, ammo bu sport turida yoshi 50 dan va hatto 60dan oshgan futbolchilar ham bor. Ularga yosh futbolchilar bilan raqobat qilish qiyinroq, shuning uchun ham xuddi shunday yosh bo‘yicha qoida o‘rnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0